Toshkentda xonadonida nasha yetishtirib kelgan shaxslar qoʻlga olindi

    Poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi shaxsning yashash xonadonida 6 tup nasha giyohvandlik vositasini yetishtirib, parvarishlab kelgani aniqlandi.

    Bu haqda tuman IIOFMB xabar qildi.

    Bundan tashqari, alohida joy hozirlanib, giyohvandlik vositalarini oʻsishiga sharoit yaratilgan.

    Shuningdek, yana bir holatda oʻz xonadonida 21 tup nasha giyohvandlik vositalarini yetishtirib kelayotgan shaxs ushlangan. Uning xonadonidan 1 kg.ga yaqin quritish uchun olib qoʻyilgan giyohvandlik vositalari topilgan.

    “Qoradori—2024” maxsus prafilaktik tadbirlarning ikkinchi bosqichi doirasida Mirobod tuman IIOFMB xodimlari tomonidan ham tezkor tadbirlar oʻtkazildi. Tumanda joylashgan koʻp qavatli uylarning biri xolislar bilan koʻzdan kechirilganda xonadon ayvonida nasha giyohvandlik vositasi yetishtirilayotganligi aniqlangan.

    “Olingan barcha daliliy ashyolar oʻrnatilgan tartibda ekspertizaga topshiriladi va natijasiga koʻra qonuniy qaror qabul qilinadi”, – deyiladi xabarda.