Toshkentda Xotira kuniga bagʻishlangan otlar paradi boʻlib oʻtadi

    Bugun, 4-may kuni poytaxtdagi Amir Temur xiyobonida “9-may Xotira va qadrlash” kuniga bagʻishlangan otlar paradi oʻtkaziladi.

    “Jasorat — millat gʻururi va iftixori” shiori ostida oʻtkaziladigan paradda Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining otliq kavaleriya boʻlinmalari ishtirok etadi.

    Gvardiya xabariga koʻra, poytaxt aholisi va mehmonlari ushbu paradni tomosha qilish uchun soat 17:00 da belgilangan manzilga borishi mumkin.