Badiiy akademiyasi maʼlumotiga koʻra, koʻrgazma Yaponiya elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Oʻzbekiston–Yaponiya markazi, Toshkentdagi anʼanaviy yapon choy marosimini oʻrganish jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etildi.
“Furoshiki” – soʻzma-soʻz tarjima qilinganda “hammom gilami” degan maʼnoni bildiradi va har qanday shakl va oʻlchamdagi narsalarni oʻrash hamda tashish uchun ishlatiladigan toʻrtburchak matodir.
Furoshiki Yaponiya va uning madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Yuzlab yillar davomida bu goʻzal sharflar yaponlarga kundalik hayotning turli sohalarida hamroh boʻlib kelgan. Ularning qoʻllanilishi asrlar davomida rivojlangan: shaxsiy narsalarni saqlash uchun keng qoʻllanilgan, koʻchirish paytida ishlatilgan va kelinning toʻy marosimining bir qismi hisoblangan. Hozirgi vaqtda ular yapon anʼanalarining ramzi maqomiga ega boʻlib, keng qoʻllaniladi.
Ushbu yapon matosi ipak, krep, paxta, viskoza va poliyester kabi turli xil matolardan tayyorlanishi mumkin.
Koʻrgazma 20-avgustga qadar davom etadi.
Gulichehra DURDIYEVA,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri