Poytaxtimizning Mirobod tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda shaxs boshqaruvidagi “Hyundai” rusumli transport vositasi tuman hududida toʻxtatilib, belgilangan tartibda koʻzdan kechiriliganida, unda xorijda ishlab chiqarilgan, transport vositasi yukxonasida respublikamizga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan va aksiz markalari bilan markalanmagan qiymati 225 mln. soʻmlik, 15 000 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Raqamlarga murojaat qilsak, joriy yil mobaynida poytaxt bojxonachilari tomonidan qiymati 314,8 mln. soʻmlik 19 990 quti tamaki vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qoʻyilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.