Qayd etilishicha, 14-avgust kuni "Toshloq mahalla - Sergeli - 4 mavzesi" yoʻnalishida harakatlanuvchi 184-sonli avtobus haydovchi I.B boshqaruvidagi avtobus Yangihayot tumani, THAY boʻylab harakatlanayotgan vaqtda, «Atlant" qurilish mollari doʻkoni oldida avtobus bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan tirkamali yuk mashinasi avtobusning yoʻnalishiga halaqit berishi natijasida haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, avtobus avval oʻng tarafdagi stolbaga, soʻng yoʻlni ajratuvchi betonli toʻsiqga urilgan.
Mazkur yoʻl-transport hodisasi natijasida avtobusdagi yoʻlovchilar jarohatlanmagan, haydovchi oʻng oyoq tizzasi lat yeyish tan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yuborilgan. Avtobus texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yoʻl-transport hodisasi shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.