Jumladan, koʻcha-yoʻl tarmoqlaridagi qurilish va taʼmirlash ishlari doirasida Bektemir, Yashnobod, Sergeli tumanlari orqali harakatlanuvchi 22 ta avtobus yoʻnalishlari harakatiga va 3 ta yoʻnalishlardagi avtobuslar rusumiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Xususan, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, 2020-yil 17-avgustdan boshlab, avtobus yoʻnalishlari quyidagicha harakatlanadi:
- “Qoʻyliq M2” va “Qoʻyliq M1” avtoshohbekatlarining faoliyati tugatilganligi sababli, 12, 30, 45, 54, 68, 110, 122, 128, 130, 145, 183-sonli avtobus yoʻnalishlarining soʻnggi bekati “Qoʻyliq dehqon bozori” shohbekatida belgilandi;
- Fargʻona yoʻli koʻchasini rekonstruksiya qilish ishlari doirasida 12 va 68-sonli avtobus yoʻnalishlarining qaytish yoʻnalishidagi harakati Fargʻona yoʻli, Jarqoʻrgʻon, Izzat, Uysozlar-2, Uysozlar koʻchalari orqali vaqtinchalik oʻzgartiriladi;
- 13t-sonli “Suvsoz mavzesi – Toshkent vokzali ASHB” avtobus yoʻnalishining qaytish yoʻnalishidagi harakati Fargʻona yoʻli, X.Bayqaro koʻchalari orqali (THAY orqali “Qoʻyliq dehqon bozori” bekatiga kirmagan holda) “Suvsoz mavzesi” ASHBgacha tashkil etiladi;
- 15, 81, 93-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati vaqtinchalik toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati “Qoʻyliq 1-mavzesi” ASHBdan Munis, Fargʻona yoʻli koʻchalari, Qoʻyliq koʻprik yoʻli ostida joylashtirilgan burilib olish manzili, Fargʻona yoʻli koʻchasi orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartiriladi va qaytish yoʻnalishidagi harakati Fargʻona yoʻli, Munis koʻchalari orqali (Qoʻyliq dehqon bozoriga bormagan holda) “Qoʻyliq 1-mavzesi” ASHBgacha tashkil etiladi;
- 22-sonli avtobus yoʻnalishining harakati “Doʻstlik metrosi” ASHBdan Elbek, Aviasozlar, Qorasuv, Aviasozlar 5-tor koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama oʻzgartiriladi;.
- 28-sonli “Ibn Sino 2-mavzesi – Doʻstlik metrosi ASHB” avtobus yoʻnalishining ish boshlash manzili “Doʻstlik metrosi” ASHBdan “Yashnobod qurilish kolleji” bekatiga koʻchirildi va yoʻnalishning toʻgʻri yoʻnalishdagi harakati “Yashnobod qurilish kolleji” bekatidan Asalobod, Jarqoʻrgʻon, Izzat, Qorasuv, Aviasozlar, Elbek koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda, qaytish yoʻnalishidagi harakati Elbek koʻchasidan Aviasozlar, Qorasuv, Asalobod koʻchalari orqali “Yashnobod qurilish kolleji” bekatigacha tashkil etiladi va yoʻnalish 28A-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Ibn Sino 2-mavzesi” avtobus yoʻnalishi deb nomlandi.
- 45-sonli yoʻnalishning “Boshliq” mavzesi tomon harakati Fargʻona yoʻli koʻchasi orqali Fargʻona bozori koʻprik yoʻli ostida joylashtirilgan burilib olish manzili, Fargʻona yoʻli va Yangi Qoʻyliq koʻchalari orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda oʻzgartiriladi;
- 59A-sonli avtobus yoʻnalishining harakati M.Tursunzoda koʻchasidan Mehrigiyo, Parkent yoʻli (4R21) koʻchalari va THAY orqali keyingi harakati oʻz yoʻnalishini davom ettirgan holda ikki tomonlama tashkil etiladi;
- 61A-sonli “Olmos mahallasi – Xalqaro Aeroport-2” avtobus yoʻnalishining qaytish yoʻnalishidagi harakati Katta Yangiobod koʻchasidan Shoxsanam koʻchasi orqali (“Olmos” mahallasi hududigacha harakatlanmagan holda) “Yangiobod mavzesi” ASHBda qisqartiriladi.
- 104 va 117-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati “Baxt koʻli” bekatigacha harakatlanmagan holda “Qoʻyliq dehqon bozori” ASHBda qisqartiriladi;
- 119-sonli avtobus yoʻnalishining harakati vaqtinchalik “Qoʻyliq 1-mavzesi”gacha harakatlanmagan holda “Qoʻyliq dehqon bozori” ASHBda qisqartiriladi.
Yoʻnalishlardagi yoʻlovchilar oqimidan kelib chiqqan holda quyidagi yoʻnalishlarda harakatlanuvchi avtobuslar rusumiga oʻzgartirish kiritiladi:
- 15-sonli avtobus yoʻnalishida Isuzu avtobuslari oʻrniga Mersedes rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;
- 45-sonli avtobus yoʻnalishida Mersedes avtobuslari oʻrniga Isuzu rusumli avtobuslar tasarruf etiladi;
- 122-sonli avtobus yoʻnalishida Isuzu avtobuslari oʻrniga Mersedes rusumli avtobuslar tasarruf etiladi.
Yoʻlovchilar oqimi kam boʻlgan 3 ta quyidagi avtobus yoʻnalishlari yopildi:
10-sonli “Yashnobod qurilish kolleji – Toshkent tibbiyot akademiyasi” avtobus yoʻnalishi;
111-sonli “Yunusobod 9-dahasi – Oqtepa maydoni” avtobus yoʻnalishi;
144-sonli “Oʻzbekiston jamoa xoʻjaligi – Toshkent MUM” avtobus yoʻnalishi.