Qayd etilishicha, Yashnobod tumanining “Bogʻbon“ MFYdagi 300 ta yerli xonadon, “Argʻin“ MFYdagi 400 ta yerli xonadon va 15 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
Hozirgi vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Avariya-tiklash ishlari yakunlangandan soʻng isteʼmolchilarni ogohlantirgan holda gaz taʼminoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.