Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 31-mart kuni soat 01:30 larda Mirobod tumanii Gospitalniy koʻchasida sodir boʻlgan. 53 yoshli ayol Weltmeister elektromobilini boshqarib kelayotib, Hyundai Sonata, Lacetti, Spark, Damas va Vaz-2106 avtomashinalari bilan toʻqnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida Weltmeister avtomashinasi haydovchisi va uning 57 yoshli yoʻlovchisi hamda Hyundai avtoulovi xaydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.