Toshkentda zamonaviy sport maydonchalari quriladi

    Urbanizatsiya 27 Yanvar 2025 858

    Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-114-sonli qarori va PQ-245-sonli qarori ijrosi doirasida Toshkent shahri tumanlarida zamonaviy sport maydonchalari barpo etiladi.

    Qayd etilishicha, bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qarori imzolangan.

    Ushbu qarorga binoan, tumanlarda stritbol va “vorkout” uchun moʻljallangan zamonaviy sport maydonchalari qurilishi belgilandi.

    Ushbu sport maydonchalari qurilishi rejalashtirilgan manzillar bilan qaror matnida tanishish mumkin.