Musobaqalarni tashkillashtirish va o'tkazish uchun institutda qizg'in tayyorgarliklar olib borildi. Jismoniy madaniyat fakul`tetining tajribali professor-o'qituvchilaridan iborat tashkiliy qo'mita hamda hakamlar hay'ati a'zolari musobaqalarni yuqori darajada tashkillashtirish ishlarini olib bordi.
«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida musobaqalar har bir fakul`tet kesimida, akademik guruhlar o'rtasida 20 sentyabr`gacha tasdiqlangan jadval asosida o'tkazilishi belgilandi.
Musobaqalar talaba-qizlar o'rtasida voleybol, erkaklar o'rtasida mini futbol, shuningdek, erkaklar va qizlar o'rtasida stol tennisi sport turlaridan o'tkazilmoqda.