Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yashovchi ayolning tug‘ruqxona akusher-ginekologining ehtiyotsizligi tufayli egizak farzandlari vafot etgani haqida shikoyati tarqaldi.
Poytaxt prokuraturasi xabariga ko‘ra, 2023-yil 22-iyun kuni 26 yoshli ayol 26 haftalik muddatidan oldin egizak chaqaloqlar dunyoga keltirgan.
Ish hujjatlariga ko‘ra, 23-iyun kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan shahar 6-sonli tug‘ruq kompleksida 26 yoshli ayolning egizak farzandlari vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.