Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning 22-yanvar kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasining tarbiyachi yordamchisi Y.M (1997-yilda tugʻilgan, ayol) goʻyoki xarxasha qilayotgan bolani tinchlantirish maqsadida S.A ni (2023-yilda tugʻilgan oʻgʻil bola) boshiga urib, soʻng qoʻpol harakatda uni koʻtarib boshqa xonaga olib chiqayotganda qoqilib yiqilgan, natijada bolaning chap oyogʻi singan.
Bolaning ota-onasiga bogʻcha maʼmuriyati tomonidan oʻgʻli oʻzi yiqilib oyogʻi singanligi va Sergeli tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligi toʻgʻrisida xabar berilgan. Bolaga “chap oyoq son suyagi sinishi” tashxisi qoʻyilgan.
Ushbu holatga ishonmagan bolaning ota-onasi bogʻcha maʼmuriyatidan kuzatuv kameralar yozuvlarini koʻrsatishni talab qilgan.
Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi.