Toshkentdagi “dom”ning tomiga noqonuniy restoran qurilgani aniqlandi

    Urbanizatsiya 13 May 2025 1060

    Ushbu holat Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan reyd tadbirlarida aniqlandi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan rey tadbirlarida Poytaxtning Yakkasaroy tumani “Shota Rustavelli” koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining tom qismiga oʻzboshimchalik bilan restoran qurib olingani aniqlandi.

    Agar fuqaro aytilgan koʻrsatmalarni belgilangan muddatda bajarmasa, huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllaniladi hamda mazkur holatni majburiy tartibda bartaraf etish yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etiladi, — deyiladi xabarda.

    Shuningdek, mazkur restoran shaharsozlik meʼyorlari va qonunchilikka zid ravishda qurilgan boʻlib, ushbu restoranning faoliyati uyning bardoshlilik darajasiga ham keskin xavf tugʻdirishi mumkin.