Ushbu maktablarning barchasi mukammal taʼmirdan chiqqan boʻlib, zamonaviy koʻrinish, sharoit va qulayliklarga ega. Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik doirasida taʼlim oʻquvchilar orasida masofa saqlagan holda olib borilishi uchun barcha choralar koʻrilgan.

Eslatib oʻtamiz, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov maktablar ochilishi borasida fikr bildirib, bu boʻyicha qarorni faqatgina barcha shahar va tumanlarning mahalliy Kengash deputatlari maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sogʻliqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqib, qabul qilishini aytib oʻtgan edi.

Ushbu haftada ochilishi rejalashtirilgan umumtaʼlim maktablari haqidagi maʼlumot jadvalda keltirilgan.

Ushbu mavzudagi qoʻshimcha maʼlumotlardan yana xabardor qilamiz, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.