Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Toshkent shahridagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga Rahmatulloh domla Sayfuddinov tayinlanganini masjid jamoasiga eʼlon qildilar.
Shuningdek, Toshkent shahridagi quyidagi markaziy jome masjidlarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi buyrugʻi bilan yangi imom-xatiblar tayinlandi:
Chigʻatoy dahasidagi “Imom Buxoriy” masjidi imom-xatibi Sadriddin domla Abdurashidov Olmazor tumani “Ibrohimboy Orifjonboy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
Koʻkcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Yahyo domla Abdurahmonov Chigʻatoy dahasidagi “Imom Buxoriy” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga;
“Minor” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasidan ajralmagan holda Koʻkcha dahasidagi “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandilar.