Bugun, 14-iyun kuni soat 09:50 da Toshkent shahar Chilonzor tumani “Astrobod” koʻchasida joylashgan mis quvurlari ishlab chiqarish sexining bir qavatli bostirmasi(angar)da dastlabki maʼlumotlarga koʻra havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan.
Zudlik bilan voqea joyiga FVV rahbariyati boshchiligida yongʻin-qutqaruv ekipajlari, shuningdek, Prokuratura, IIV, MG, SSB, Hududgaz va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Ayni vaqtda hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra chaqnash oqibatida 6 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.