Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Parlamentlararo ittifoq tadbirida Zambiya vakili vafot etdi.

Bu haqda Zambiya Milliy Assambleyasi maʼlum qildi.

Maʼlum qilinishicha, Zambiya Milliy kotibi janob Roy Ngulube 2025-yil 7-aprel, dushanba kuni Toshkentda (Oʻzbekiston) soat 20:35 da (Oʻzbekiston vaqti bilan) qisqa kasallikdan soʻng vafot etgan.

Qayd etilishicha, Janob Ngulube 150 Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasi va u bilan bogʻliq yigʻilishlarda ishtirok etayotgan Rt Hon spiker xonimga xizmat safari davomida hamrohlik qilgan.