Toshkentdagi "Rohat" aylanma yoʻli vaqtincha yopildi

    Transport 2 Iyul 2025 1036

    Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi "Rohat" aylanma yoʻlida avtomobil harakati vaqtincha yopildi.

    Qayd etilishicha, shu sababli ushbu hudud orqali harakatlanuvchi 26, 54, 110, 119, 128, 174-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati oʻzgartirilmoqda.

    Shaharning markaziy qismi tomon:

    • THAY – Ohangrabo – Uysozlar – Uysozlar-2 – Izzat – Shohimardon – Ohangaron shox koʻchasi orqali.

    Qaytish yoʻnalishi:

    • Shohimardon – Katta Yangiobod – Shohsanam – Tolqariq – THAY koʻchalari orqali.

    Yoʻl taʼmirlash ishlari davomida transport harakati cheklanishi va tirbandliklar yuzaga kelishi, zarurat tugʻilganda yoʻnalishlarga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin, — deyiladi xabarda.