Qayd etilishicha, shu sababli ushbu hudud orqali harakatlanuvchi 26, 54, 110, 119, 128, 174-sonli avtobus yoʻnalishlarining harakati oʻzgartirilmoqda.

Shaharning markaziy qismi tomon:

  • THAY – Ohangrabo – Uysozlar – Uysozlar-2 – Izzat – Shohimardon – Ohangaron shox koʻchasi orqali.

Qaytish yoʻnalishi:

  • Shohimardon – Katta Yangiobod – Shohsanam – Tolqariq – THAY koʻchalari orqali.

Yoʻl taʼmirlash ishlari davomida transport harakati cheklanishi va tirbandliklar yuzaga kelishi, zarurat tugʻilganda yoʻnalishlarga qoʻshimcha oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin, — deyiladi xabarda.