Kecha Toshkentdagi “Suzuk ota” hunarmandlar mahallasida Madina Qosimboyevaning kashtachilik maktab-ustaxonasi ochildi. Bu ijodiy makon oʻquv markazi, ustaxona va galereyani oʻz ichiga olgan.
Maktab uchun yer qadimiy kashtachilik anʼanalarini saqlab qolish, qizlarga oʻqish, ijod qilish, ilhomlanish va mustaqil boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida Oʻzbekiston Prezidentining topshirigʻi bilan ajratilgan edi.
“Oʻz isteʼdodi va sanʼatga sadoqati tufayli Toshkent soʻzanadoʻzlik maktabiga yangi hayot baxsh etgan Madina Qosimboyevaga alohida minnatdorchilik bildiraman”, deya yozadi Mirziyoyeva.








