Uning taʼkidlashicha, loyiha qurilishi 2026-yilning oxirigacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Toshkentni Yangi Toshkent bilan bogʻlash uchun «Doʻstlik« bekatidan yangi metro yoʻnalishi quriladi.
«Biz Prezidentga «Pushkin« metro bekatidan TTZ mavzesigacha, yangi 10 km.dan oshiq boʻlgan metro yoʻnalishi loyihasini taqdimot qildik. Aynan TTZ yoʻnalishi tanlanganining sababi Toshkentga asosan odamlar oqimi shu tarafdan Chirchiq, Gʻazalkentdan keladi. Bu metro loyihasining qurilishi yoʻldagi tirbandliklarni oldini olishga va odamlarga qoʻshimcha sharoitlar yaratadi«, — deydi vazir.









