Bu haqda IIV Yo'l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati, xabar qildi.
Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi Chimyon tog'lari va Chorvoq suv ombori tomon harakatlanish uchun ushbu chorrahada tunnel ishga tushdi. Tunneldan o'tish uchun ikki tomondan kelishda asosiy yo'lning o'ng tarafidagi qo'shimcha tarmoqdan harakatlanish kerak.
endi haydovchilar YAngi O'zbekiston va 4R12 yo'llari chorrahasida yuzaga keladigan katta tirbandliklarda turishlari shart emas.
Tunnel` orqali og'ir vaznli avtomashinalar va xavfli yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Ular chorraha bo'ylab harakatlanishi kerak.
YHXX haydovchilarga harakat yo'nalishini ko'rsatuvchi belgilar mavjudligini ham eslatib o'tdi.