“Fly Dubai” aviakompaniyasining Toshkentdan Dubayga uchayotgan samolyoti bortida avariyaviy holat yuzaga keldi. Bu haqda "Novosti Tashkentskogo neba" manbasi xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, holat sodir bo'lgan vaqtda FZ-1942 yo'lovchi reysini amalga oshirayotgan Boeing 737-8KN samolyoti eron hududida 36 ming fut balandlikda uchib o'tayotgan edi. Kutilmaganda operator bortda avariyaviy holat yuzaga kelganini anglatuvchi “squawk 7700” signalini bergan.

Shundan so'ng ekipaj belgilangan manzilga yaqin bo'lgan Eronning Sheroz shahridagi aeroportga qo'nishga qaror qiladi. Samolyot soat 7:36 da muvafaqqiyatli qo'ndirilgan.