Toshkentdan Islomobodga aviaqatnov yoʻlga qoʻyilmoqda

    Transport 6 May 2025 476

    “Uzbekistan Airways” Lahorga muntazam reyslar yoʻlga qoʻyilganidan soʻng, kompaniya Toshkent — Islomobod — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ham parvozlarni amalga oshiradi.

    Qayd etilishicha, ushbu yoʻnalish boʻyicha reyslar shu yilning 14-iyun sanasidan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilishi boshlanadi.

    Parvozlar shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt koʻrsatilgan):

    — Toshkentdan joʻnab ketish 08:50
    — Islomobodga yetib borish 10:50;
    — Islomoboddan joʻnab ketish 11:50
    — Toshkentga yetib kelish 13:50.

    “Uzbekistan Airways” ushbu yangi yoʻnalish orqali ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm, savdo va madaniy aloqalarni yanada faollashtirishni koʻzlamoqda.