Bu haqda Qoraqalpogʻiston xabar agentligi xabar berdi. Airbus A-320 samolyoti yangi aeroportga Toshkentdan yoʻlovchilarni olib kelgan.

 

 

2019-yili Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, Moʻynoq tumani barcha zaruriy infratuzilmaga, jumladan, innovatsion maktab, sport obyektlari, davolash-profilaktika muassasalari, zamonaviy aeroport, mehmonxona, savdo va koʻngilochar dam olish markazlari, “selfi obyekt”lari, optik tolali internet tarmogʻi, IP-televideniyega ega boʻlgan zamonaviy shaharchaga aylantiriladi.