Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar qatnovi bekor qilindi

    Noqulay ob-havo sharoiti sababli Toshkent shahridan qatnaydigan 25-fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi.

    Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25-fevral sanasidagi barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda Toshkent Avtovokzali rasmiy kanali xabar berdi.

    Eslatib oʻtamiz, Toshkentda havo harorati hafta davomida sovishi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻishi kutilmoqda.