Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

    9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 10, 11, 12-may kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

    775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26

    776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05

    Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

    Chiptalarni nafaqat temir yoʻl chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: eticket.railway.uz