Eslatib oʻtish joiz, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Oʻzbekistondan Yaponiyaga Toshkent – Osaka – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk reyslarni 2001-yilda amalga oshirishni boshlagan.
2003-yilda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi va Yaponiya aviatsiya maʼmuriyati oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni hisobga olgan holda, Yaponiyaning boshqa shaharlariga ham qatnovlarni yoʻlga qoʻyishni koʻrib chiqish boshlandi. Yaponiya hukumati ruxsati bilan Osakaga parvozlardan tashqari, aviakompaniya Narita shahriga haftasiga ikki marta reyslarni amalga oshira boshladi. Biroq 2020-yilda mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi parvozlarni amalga oshirishga oʻzgartirishlar kiritdi va ikki davlat oʻrtasidagi qatnovlar vaqtinchalik toʻxtatildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston va Yaponiya uzoq yillardan buyon strategik biznes hamkorlar hisoblanadi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi uchun Tokioga parvozlar ham ustuvor ahamiyatga ega, shuning uchun Oʻzbekiston va Yaponiya parvozlari 20 yildan ortiq vaqt davomida qoʻllab-quvvatlanib kelinadi. Kelgusida, shuningdek, pandemiyadan avvalgi Yaponiyaning boshqa shaharlariga muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻyish va havo kemalarining barqaror yoʻlovchi tashishini taʼminlash ham rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugundan boshlab Toshkent – Tokio – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni haftada bir marta – payshanba kunlari amalga oshiradi, deb xabar beradi “Uzbekistan Airways” AJ matbuot xizmati.