Maʼlum qilinishicha, NY 686-sonli “Sochi-Toshkent” yoʻnalishi bilan uchib kelgan havo kemasida tekshiruv olib borilgan.
Tekshiruv davomida Toshkent viloyatida yashovchi 1985-yilda tugʻilgan fuqaro Ye.J. havo kemasi bortida boʻlgan vaqtida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Oqibatda u mast holda “Uzbekistan Airways” AJ bortkuzatuvchisi boʻlgan, 2002-yilda tugʻilgan S.A. ga nisbatan shilqimlik va tegajogʻlik qilganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Toshkent shahri aeroportlarida XTB HPB inspektorlari tomonidan MJtKning 187 moddasi 1-qismi va 411-modda 1-qismi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
7-yanvar kuni JIB Toshkent shahar Sergeli sudiga hujjatlar taqdim qilinib, xuquqbuzar Ye.J.ga nisbatan 5 sutka maʼmury qamoq jazosi tayinlangan.
Shuningdek, jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qilganligi uchun BHMning 1 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.