Bu haqda Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.
|
Maʼlumot uchun: bugungi kunda GFCI reytingi dunyo boʻylab faoliyat yuritayotgan 128 ta xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini baholaydi. GFCI 32 reytingini tayyorlash doirasidagi intervyu-baholash ishlarida turli moliya markazlarining 11 mingdan ortiq vakillari qatnashdilar. |
GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholaydi:
-
-
- moliya bozori,
- biznes-muhit,
- inson kapitali,
- infratuzilma, obroʻ.
-
Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati – Z/Yen Group 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatlaridan 5 mingta xalqaro korporatsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Respublika poytaxtini Indeksga kiritilishi xalqaro investorlar va biznes vakillari tomonidan investitsion qarorlarni qabul qilishda Oʻzbekistonni kapital kiritish uchun yurisdiksiya sifatida tanlashga ragʻbatlantiradi.
|
Maʼlumot uchun: Z/Yen Group moliya sektori kompaniyalarining keng doirasi orasida reyting bahosi beriladigan moliya markazlarining rivojlanish surʼati toʻgʻrisida axborot tarqatadi, shu jumladan, yirik global portfel investorlari va suveren jamgʻarmalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ish olib boradi. |
“Z/Yen” xalqaro tahlil markazi (Buyuk Britaniya) tomonidan yaqinda Toshkent shaxri Xalqaro moliya markazlari global indeksiga (GFCI) “Uyushgan xalqaro moliya markazi” xalqaro maqomi sifatida kiritildi.