Bu haqda Strategik islohotlar agentligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun:

bugungi kunda GFCI reytingi dunyo boʻylab faoliyat yuritayotgan 128 ta xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini baholaydi. GFCI 32 reytingini tayyorlash doirasidagi intervyu-baholash ishlarida turli moliya markazlarining 11 mingdan ortiq vakillari qatnashdilar.

GFCI reytingi xalqaro moliya markazlarining raqobatbardoshligini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha baholaydi:

      • moliya bozori,
      • biznes-muhit,
      • inson kapitali,
      • infratuzilma, obroʻ.

Reyting tuzuvchi tashkilotning moliyaviy-investitsion hamjamiyati – Z/Yen Group 30 ming nafar moliya sektori vakillarini, dunyoning 138 ta mamlakatlaridan 5 mingta xalqaro korporatsiyalarni oʻz ichiga oladi.

Respublika poytaxtini Indeksga kiritilishi xalqaro investorlar va biznes vakillari tomonidan investitsion qarorlarni qabul qilishda Oʻzbekistonni kapital kiritish uchun yurisdiksiya sifatida tanlashga ragʻbatlantiradi.

Maʼlumot uchun:

Z/Yen Group moliya sektori kompaniyalarining keng doirasi orasida reyting bahosi beriladigan moliya markazlarining rivojlanish surʼati toʻgʻrisida axborot tarqatadi, shu jumladan, yirik global portfel investorlari va suveren jamgʻarmalar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ish olib boradi.

 

“Z/Yen” xalqaro tahlil markazi (Buyuk Britaniya) tomonidan yaqinda Toshkent shaxri Xalqaro moliya markazlari global indeksiga (GFCI) “Uyushgan xalqaro moliya markazi” xalqaro maqomi sifatida kiritildi.