Uch kun davomida ikki bo'limdan iborat bo'lgan shiddatli o'yinlarning yakuniy natijalariga ko'ra Toshkent shahrining “Eagles” jamoasi raqiblarini 127:125 natijasiga ko'ra ortda qoldirib, g'oliblikni tantana qildi.

Asli vatani Angliya bo'lgan va millionlab ashaddiy muxlislariga ega hisoblangan kriket yoshlarimizning sevimli sport turiga aylanib borayotganini birgina ushbu ikki jamoa o'rtasidagi o'yin jarayonlaridan ham sezish mumkin. Boisi, jamoalardagi har bir ishtirokchining zo'r qiziqish va ishtiyoq bilan o'yinga berilib ketishi, ochko olishga erishsa quvonchdan bir-birini qutlashi, aksincha esa yanayam shiddat bilan o'yinga kirishishi yoshlarni kriketga oshno bo'lganidan dalolat edi.

O'zbekiston kriket federatsiyasi raisi Aziz Mixliev g'olib jamoaga diplom va kubok topshirdi. “ANFA PHARMACEUTICALS” kompaniyasi tomonidan ham ushbu jamoaga homiylik sifatida 2 million so'm pul mukofoti taqdim etildi.

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar aniqlandi. “Eng yaxshi o'yinchi” nominatsiyasini Jamshid Mamarasulov qo'lga kiritgan bo'lsa, “Eng yaxshi bouler (to'p otuvchi)” nominatsiyasiga Jasur eshmamatov, “Eng yaxshi betsmen (himoyachi)” nominatsiyaga G'olib To'ychiev ega bo'ldi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi