Bu haqda Hindistonning Maharashtra shtatida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan taqdimot marosimida maʼlum qilindi.

Taqdimotda Uzbekistan Airways aviakompaniyasining aprel oyida Mumbayga aviaqatnovlar qayta yoʻlga qoʻyilgach, hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetishi taʼkidlandi.

Qayd etilishicha, oʻtgan yil ushbu mamlakatdan Oʻzbekistonga sayohat qilganlar soni 2022-yilga nisbatan qariyb toʻrt baravarga koʻpaygan.