Toshkentning 3 ta tumani vaqtincha gazdan uzildi

    Energetika 13 Mart 2025 750

    Maʼlumotlarga koʻra, ushbu tumanlarda taʼmirlash ishlari sababli tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha cheklanmoqda.

    Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Shayxontohur, Olmazor va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 13-mart kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

    Shayxontohur tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

    Aholi isteʼmolchilari soni: “Taxtapul” MFYdagi 55 ta yerli xonadon, Nurafshon koʻchasidagi 1 ta koʻp qavatli uy
    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 8 ta

    Olmazor tumani (10:00 dan 17:00 gacha):

    Aholi isteʼmolchilari soni: “Chiltigʻon” MFYdagi 806 ta yerli xonadon va 12 ta koʻp qavatli uy
    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 7 ta

    Sergeli tumani (11:00 dan 17:00 gacha):

    Aholi isteʼmolchilari soni: Xonobodtepa 1-tor koʻchasidagi 120 ta yerli xonadon va Sadoqat koʻchasidagi 150 ta yerli xonadon
    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

    Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.