Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tufayli Mirzo Ulugʻbek, Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 21-oktyabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Mirzo Ulugʻbek tumanidagi aholi isteʼmolchilari soni:

“Zulayho” mavzesidagi 11 ta koʻp qavatli uylardagi 792 ta xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

Issiqxona: 1 ta

Sergeli tumanidagi aholi isteʼmolchilari soni:

“Yuqori Darxon” MFY Navroʻz va Dilxush koʻchalardagi 315 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 4 ta

Yangihayot tumanidagi aholi isteʼmolchilari soni: “Past Darxon” MFYdagi 208 ta yerli xonadon

Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.