Toshkentning ikki tumani vaqtincha gazdan uzildi

    Toshkent shahrining Mirobod va Yunusobod tumanlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi.

    Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

    Shu yilning 29-avgust kuni taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yunusobod tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.

    Mirobod tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

    Aholi isteʼmolchilari soni:

    “Tong yulduzi” MFY Fargʻona yoʻli Sayxun koʻchalaridagi koʻp qavatli uylardagi 642 ta xonadon

    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

    Yunusobod tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha)

    Aholi isteʼmolchilari soni:

    “Tiklanish” MFY Gulyor 1-2-3-4-5-tor va Tiklanish koʻchalaridagi 540 ta yerli xonadon

    Ulgurji isteʼmolchilar soni: 13 ta

    Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.