Toshkentning 3 ta tumanida Elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi

    Taʼmirlash ishlari tufayli Toshkentning 3 ta tumani elektr taʼminotidan vaqtincha uziladi.

    Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 5 — iyul kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:

    Yunusobod tumani: "Buyuk Turon" MFYning ayrim hududlarida soat 11:00 dan 12:00 gacha;

    Chilonzor tumani: "Doʻmbirobod" MFY ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

    Uchtepa tumani: "Xuroson" MFYning ayrim hududlarida bugun soat 09:30 dan 17:30 gacha.

    Axborotda, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi aytiladi.