Toshkentning 3 та tumani vaqtincha elektrdan uzildi

    Shu yilning 31-oktyabr kuni Toshkentning 3 ta tumani elektr energiyasidan vaqtincha uzildi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

    Qayd etilishicha, isteʼmolchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berilish va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, bugun 31 — oktyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.

    Yunusobod tumani: “Iftixor” hamda “Naqshbandiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 12:00 dan 18:00 gacha;
    Bektemir tumani: “Nurli yoʻl”, “Musaffo” hamda “Sohil” MFY larining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
    Olmazor tumani: “Ahil”, “Moyariq”, “Yangi Toshkent”, “Gulzor”, “Chuqursoy”, “Oltinsoy”, “Islom ota” hamda “Shifokorlar” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:30 gacha.

    “Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz“, — deyiladi xabarda.