Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Taʼmirlash ishlari tufayli shu yilning 23-avgust kuni Mirzo Ulugʻbek va Chilonzor tumanlarining quyidagi hududlariga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
— Mirzo Ulugʻbek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
— Aholi isteʼmolchilari soni:
— “Zakovat” va “Alisherobod” MFYlaridagi 2217 ta yerli xonadon va 9 ta koʻp qavatli uylardagi 600 ta xonadon
— Ulgurji isteʼmolchilar soni: 15 ta
— Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)
— Aholi isteʼmolchilari soni:
— “Bektoʻpi” MFY Zargarlik 1-2-3-4-tor, Boʻktoʻpi 1-tor va Diydor koʻchalaridagi 232 ta yerli xonadon
— Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.