“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJning xabar berishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida shu yilning 20-yanvar kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi.

— Yashnobod tumani: “Jarqoʻrgʻon”, “Muxtor Ashrafiy”, “Yangi davr” hamda “Bunyodkor” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 13:00 gacha;
— Chilonzor tumani: “Doʻmbirobod”, “Bogʻzor”, “Botirma” hamda “Tirsakobod” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin, — deyiladi xabarda.