Toshkentning ikki tumani vaqtincha gazdan uziladi

    Energetika 5 Mart 2025 644

    Shu yilning 5-mart kuni taʼmirlash ishlari sababli poytaxtning ikki tumani vaqtincha gaz taʼminotidan uziladi.

    Qayd etilishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasidan oʻtuvchi oʻrta bosimli gaz quvuridagi gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish maqsadida Yashnobod va Mirobod tumanlarining ayrim hududlarida 5-mart kuni soat 12:00 dan 6-mart kuni soat 08:00 gacha tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

    Yashnobod tumanidagi isteʼmolchilar:

    • “Obisher” MFYdagi 16 ta koʻp qavatli uy va 370 ta yerli xonadon, “Assalom sohil”dagi 20 ta koʻp qavatli uy. “M. Ashrafiy” MFYdagi 120 ta yerli xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar soni: 35 ta

    Mirobod tumanidagi isteʼmolchilar:

    • “Qorasuv” MFYdagi 38 ta koʻp qavatli uy, “Tong yulduzi” MFYdagi 14 ta koʻp qavatli uy va 125 ta yerli xonadon. Ulgurji isteʼmolchilar soni: 25 ta

    Shuningdek, Mirobod tumanidagi “Oltinkoʻl”, “Furqat” va “Yangi zamon” MFYlarida bosim pasayishi ehtimoli mavjud.

    Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi, — deyiladi xabarda.