Veolia Energy Tashkent kompaniyasining ma'lum qilishicha, Shayxontohur, Olmazor va Chilonzor tumanlarining ayrim joylarida issiq suv bo'lmaydi. Asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchi (“Toshkent issiqlik markazi” MCHJ) 3-IM issiqlik markazi ta'minotidan vaqtincha uziladi. O'chirilish “Hududgaz Poytaxt” yuqori bosimli gaz quvurida rejalashtirilgan ta'mirlash ishlari bilan bog'liq bo'lib, 14 avgust kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi.
Quyidagi hududlar va joylarda issiq suv o'chiriladi:
Shayxontohur tumani: Chorsu, Qoratosh, Beshyog'och, Xuvaydo, Anhor sohili massivlari, Zarqaynar ko'chasi, S-10, 11, 13, 14, 26, 27 va 28
Olmazor tumani: B1, B2, B-3, Niyozov, Beruniy maydoni, Talabalar shaharchasi, Hamidxonov, Qoraqamish 2/1
Chilonzor tumani: Olmazor, Turob to'la va Abay massivlari.