Toshkentning uchta tumani vaqtincha gazdan uzildi

    Taʼmirlash ishlari tufayli shu yilning 31-iyul kuni Chilonzor, Yakkasaroy va Sergeli tumanlari tabiiy gazdan vaqtincha uzildi.

    Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.

    Qayd etilishicha, taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

    — Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari soni: “Sharq tongi” MFYdagi 78 ta yerli xonadon “Xontoʻpi” MFYdagi 34 ta yerli xonadon “Haydarobod” MFYdagi 62 ta yerli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar soni: 2 ta

    — Yakkasaroy tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari soni “Qushbegi” va “Dilbuloq” MFY Qushbegi mavzesidagi 28 ta koʻp qavatli uylardagi 1440 ta xonadon Solyaris turarjoy majmuasidagi 3 ta koʻp qavatli uylardagi 580 ta xonadon Boshliq 4-tor koʻchasi 3 ta koʻp qavatli uylardagi 36 ta xonadon va 10 ta yerli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar soni: 58 ta

    — Sergeli tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha) Aholi isteʼmolchilari soni: “Qutbaraka” MFY A.Navoiy massivi va Uzumzor koʻchalaridagi 803 ta yerli xonadon “Xontepa” MFY Yoqubova koʻchasidagi 184 ta yerli xonadon Ulgurji isteʼmolchilar soni: 12 ta

    Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.