Toshkentning uchta tumanidagi ayrim manzillarda vaqtincha elektr boʻlmaydi

    “Toshkent shahar elektr tarmoqlari”ga koʻra, bu sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish bilan bogʻliq.

    Shunga muvofiq, bugun, 16-aprel kuni:

    • Bektemir tumani: “Husayn Bayqaro” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
    • Mirobod tumani: “Oq uy” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
    • Olmazor tumani: “Ahil”, “Gulzor”, “Moyariq”, “Ibrohim ota” va “Miskin” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr taʼminotidan vaqtincha uziladi.