Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot tumanining ayrim hududlariga 26-avgust kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Aholi isteʼmolchilari soni: “Xushnud” MFYda 17 ta koʻp qavatli uylardagi 1389 ta xonadon
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.