“Toshkent—Qarshi—Toshkent” yo'nalishida qo'shimcha yo'lovchi poyezdlar harakati yo'lga qo'yildi

    Barcha chiptalar erkin savdoga chiqarildi.

    2023-yilning 21 va 24-aprel kunlari 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” “Afrosiyob” elektropoezdi yo'nalishida qo'shimcha 2 ta reys harakati yo'lga qo'yildi. Bu bayram kunlarida yo'lovchilarni tashish maqsadida tashkil etildi, deb yozmoqda "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ.

    Poezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

    780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo'nalishi

    Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

    779-sonli “Qarshi—Toshkent” yo'nalishi

    Qarshi 15:25—Toshkent 18:50

    Qo'shimcha yo'lovchi poezdlar chiptalari turistik firmalar tomonidan berilgan arizalarni chetlab o'tgan holda barcha chiptalar erkin savdoga chiqarildi, deb qo'shimcha qilinadi xabarda.