Joriy yilning 8-noyabr kuni Fargʻona politexnika instituti qoshidagi Toshloq texnik xizmat koʻrsatish texnikumida “Isteʼmol bozorini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash-farovonlik va taraqqiyotning muhim omillari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
Ushbu anjumanda, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va yurtimizdagi nufuzli oliy taʼlim muassasalari faol ishtirok etishdi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardan soha mutaxassislari ham Zoom platformasi orqali onlayn qatnashishdi.
Mazkur xalqaro anjumanning ochilish marosimida, institut Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Z.Yunusov konferensiya doirasidagi dolzarb masalalar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Konferensiya doirasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha muammoli masalalar muhokama qilindi:
— Oziq-ovqat mahsulotlarini tekshirishning zamonaviy usullari. Oziq-ovqat mahsulotlarining mahalliy va global muammolari va yechimlari;
— Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat, suv muammolari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolari va yechimlari;
— Kimyoviy texnologiyalar, biotexnologiyalar, neft-kimyo va nanotexnologiyalar muammolari va yechimlari;
— Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda axborot xavfsizligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, sunʼiy intellekt;
— Oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida energiya, energiya tejash va muqobil energiya manbalari;
— Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashda sugʻoriladigan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash. Yer fanlari (geologiya, geofizika, seysmologiya va minerallarini qayta ishlash);
— Oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonalarida buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot va menejment tizimini samarali yoʻlga qoʻyish. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash omborlarini rekonstruksiya qilish muammolari va yechimlari;
Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha ishtirokchilar shubalarga boʻlinib, mavzu yuzasidan kenga muhokama qilishdi.
Xalqaro anjuman yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.