Bu haqda Fargʻona viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 200 oʻrinli IT-shaharchada dasturlash, sunʼiy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamli xizmatlar, robototexnika va chet tillari kabi dolzarb yoʻnalishlarda 1 500 nafargacha yoshlar taʼlim oladi.

Markaz qurilishiga 5,4 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Tuman hokimligi tomonidan 200 mln soʻm mablagʻ evaziga bu yerda konteynerdan moʻjazgina bino ham qurildi. Bu binoda “Startup garage” tashkil etildi.

2024-yilda viloyatda axborotlashtirish xizmatlari hajmi 587 milliard soʻmga yetgan, bu oʻtgan yilga nisbatan 115 foizlik oʻsishni tashkil qilgan. Kompyuter dasturlash xizmatlari hajmi esa 104 milliard soʻm boʻlib, 99,7 foiz oʻsish kuzatilgan.

Ay-Ti Park rezidentlarining soni 80 tadan 106 taga, ish oʻrinlari esa 797 nafardan 1 397 nafarga koʻpaygan. Ayni paytda rezident korxonalarning 24 tasi IT eksport, 33 tasi raqamli taʼlim, 46 tasi mahalliy bozorga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 112,4 milliard soʻmdan oshgan.