Toskanadan qadimgi maʼbudlarning noyob bronza haykallari topildi

    Italiyalik arxeologlar Toskanadagi qadimiy hammomlar oʻrnida 20 dan ortiq bronza haykallarni topishdi, deb xabar bermoqda Reuters. Mutaxassislar topilmani shov-shuvli deb baholashmoqda.

    2019-yildan beri qazish ishlariga rahbarlik qilib kelayotgan, siyenalik professor Yakopo Tabolli jurnalistlarga “Bu juda muhim, alohida topilma”, dedi.

    Ular saqlanib qolgan joyda issiq termal suv mavjud boʻlgani tufayli haykallar mukammal saqlanib qolgan. Haykallarda qadimgi yunon salomatlik maʼbudasi Gigiyeya, Apollon va boshqa qadimgi xudolar tasvirlangan.

    Haykallarning aksariyati miloddan avvalgi II-I asrlarga oid. Bu mazkur yerlar tarixidagi eng muhim davr hisoblanadi. Bu yerda joylashgan etrusk aholi punktlari Rim hukmronligi ostiga oʻtadi.

    Arxeologlar haykallar bilan birgalikda olti mingga yaqin bronza, kumush va oltin tangalarni topishdi.

    Italiya Madaniyat vazirligi xodimi Massimo Osanna topilgan bronza haykallari “qadimgi Oʻrta er dengizi tarixidagi” eng ajoyib topilmalardan biri ekanligini eʼlon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, arxeologlar deyarli 1972-yildan buyon, Italiyaning janubiy qirgʻoqlari yaqinida – dengizdan qadimgi yunon jangchilari tasvirlangan ikkita bronza haykallarini hisobga olmaganda shu paytgacha hech narsa topolmagan edi.