Yakkasaroy hokimi matbuot kotibining maʼlum qilishicha, voqea «Boʻrijar« kanalida sodir boʻlgan. Choʻmilish vaqtida 13 yoshli Muhammad Gʻayratning choʻkayotganini koʻrgan Yashnobod tumani IIB FMB Post-patrul xizmati inspektori Rasul Joʻrayev bir lahza ham ikkilanmay, oʻzini suvga tashlagan.

Inspektor bolani suvdan olib chiqib, uning hayotini saqlab qolgan. Hodisa oqibatida oʻsmir sogʻ-salomat qutqarilgan.